Brend haqida

Artel savdo belgisining tarixi 2011 yilda boshlandi, o‘shanda maishiy texnika oilasini o‘z savdo belgimiz ostida ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat sektorlarini ishga tushirish haqida qaror qabul qilingandi.

Yangi biznes-yo‘nalishning shakllanishi mazkur sohaning tan olingan yetakchilari, xususan Janubiy Koreyaning Samsung brendi, Xitoyning taniqli Midea kompaniyasi, Italiyadagi eng yaxshi sanoatchilardan biri bo‘lgan Gloria hamda Turkiyaning yirik Odul kompaniyasi bilan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani tuzishga asoslangan.

Agar talabga ega bo‘lishni istasang va bozorda yetakchi o‘rinlarda qolishga harakat qilsang, muntazam ravishda biror yangi, original, tashqi tomondan maftunkor va qiziqarli mazmuni bilan farq qiluvchi mahsulotni taqdim etish kerakligi sir emas. Artel kompaniyasining har bir xodimi kreativ fikrlash qobiliyatiga ega, turli g‘oyalarni ilgari suradi, rejalar tuzadi va ularni amalga oshirishga harakat qiladi.

Artel kompaniyasining asosiy tamoyili – qulaylik, oddiy yechimlar va klassikani qadrlovchi iste’molchilar uchun sifatli, zamonaviy yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish. Bejirim ergonomik dizayn, faqat sertifikatlangan xomashyo va maksimal darajada avtomatlashtirilgan tarkibiy qismlar Artel kompaniyasining yaxshi didga va yuqori darajadagi iste’molchi talablariga ega kishilar uchun maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi sifatidagi imijini saqlab turadi.

Bugungi kunda Artel quyidagilarni taklif etmoqda:

  • Konditsionerlar;
  • Changyutkichlar;
  • Mikroto‘lqinli pechlar;
  • Gazli, elektrli va kombinatsiyalashgan plitalar;
  • O‘rnatiladigan oshxona texnikasi;
  • Elektr mini-pechlari;
  • Televizorlar;
  • Kir yuvish mashinalari;
  • Sovutgichlar;
  • Mobil telefonlar;

Artel – muvaffaqiyatli loyiha bo‘lib, biz hamkorlar va raqobatchilarning ijobiy tajribasini to‘plashga, KAIZEN metodikasini joriy etishga (uning asosiy tamoyillari: mehnatga tejamkor munosabatda bo‘lish va zaxiralardan samarali foydalanish), mahsulotlar sifatini standartlashtirishga, kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini joriy etishga, butun O‘zbekiston bo‘ylab firma do‘konlari va shou-rumlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldik.

Brendimizning ranglari – oq va yorqin yashil ranglar. Bu tasodif emas! Ranglar spektri, ya’ni kamalak notalar bo‘yicha quyidagi tarzda joylashadi: Do-Qizil, Re-Zarg‘aldoq, Mi-Sariq, Fa-Yashil, Sol-Zangori, Lya-Ko‘k, Si-Siyohrang. Mazkur nazariya doirasida shuni aytish mumkinki, o‘rtada turuvchi yashil quloq yaxshi qabul qiladigan va o‘qiganda qulay rang hisoblanadi, u uyg‘unlik, tabiat, musaffolik, ruhiy xotirjamlik rangi. Oq rang ham yaxshi – u barcha ranglarni qamrab olgan bo‘lib, chizgilar va his-tuyg‘ularning tugalligini ifodalovchi neytral rang hisoblanadi.

 Artel — bu uy ishlarini tez va oson bajarish hamda o‘zingiz va yaqinlaringizga ko‘proq vaqt ajratish imkonini yaratuvchi maishiy texnikadir. Biz turmushingizni baxt, samimiy muhabbat va qalb tafti bilan to‘ldirishga intilamiz!

Artel bilan to‘g‘ri yo‘l tanlaganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin!