Ishlab chiqarish

ARTEL maishiy texnikasi ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda hozirgi zamon talablariga javob beruvchi zamonaviy uskunalarda ishlab chiqariladi. Jahondagi yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchilarining tajribasini o‘rgangan va joriy etgan holda biz mijozlarimizga ma’qul keladigan zamonaviy va qulay mahsulotni yaratamiz.

ARTEL maishiy texnikasining butun liniyasi O‘zbekistonda ishlab chiqariladi, u eng yuqori sifat standartlariga javob beradi va 100% mahalliy brend hisoblanadi.

ARTEL korxonalarida texnologik liniyalarni jihozlash  va murakkab maishiy texnikani ishlab chiqarishga ixtisoslashgan COMI, ULVAC, Inficon kabi dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetkazib berilgan uskunalar o‘rnatilgan. Yuqori texnologik uskunalar qo‘llanishi tufayli ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilgan, amalga oshiriladigan operatsiyalarning sifati esa har bir bosqichda elektron nazorat tizimi yordamida tekshiriladi.

 

KONDISIONERLARNI ISHLAB CHIQARISH

 

2014 yil boshida konditsioner uchun issiqlik almashgichlar va bug‘lagichlar ishlab chiqarishi tashkil etildi. Yuqori  tezlikdagi shtamplovchi presslar jihozlari bilan birga o‘rnatildi. Uchastka qalinligi 0,105 mm ni tashkil etuvchi alyuminiy folgani kesish va shaklga keltirish bo‘yicha ikkita liniya bilan jihozlandi. Kesilgan folga dizayni O‘rta Osiyo iqlimini va changlanish darajasining yuqoriligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, bu uning xizmat qilish muddatini uzaytiradi va profilaktikasini ta’minlaydi.

Sifat nazorati zamonaviy ULVAC (Yaponiya) va Inficon (Germaniya) uskunalari yordamida konditsioner radiatori va sovutuvchi agentidan gaz chiqishi holatlarini aniqlash orqali kuchaytirilgan. Shuningdek, konditsioner rejimlari va parametrlarini to‘liq tekshirish uchun laboratoriya va iqlim kameralari ham mavjud.

2014 yilning 4-choragida ozon qatlami uchun xavfsiz bo‘lgan R 410 a sovutuvchi agenti asosidagi split-konditsionerlar ishlab chiqarishini ishga tushirish, 2015 yilning ikkinchi choragida esa aylanish chastotasi o‘zgaradigan invertorli kompressorlar bilan jihozlangan mahsulotni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

 

SOVUTGICHLARNI ISHLAB CHIQARISH

 

ARTEL sovutgichlari va muzlatgichlarining ichki shkaflari va eshik panellarini ishlab chiqarish mashhur COMI kompaniyasining (Italiya) maxsus termo vakuumli-formovka mashinasi (TVFM)da amalga oshiriladi, bu har qanday shakldagi yoki hajmdagi mahsulotni tezda yuqori sifatli va tashqi tomondan maftunkor qilib chiqarish imkonini beradi.

Yon panellarni shakllantiruvchi avtomat liniya metall panellarni quyish, teshish, bukish, shakl berish va kesish ishlarini avtomat tarzda bajaradi.

ARTEL kompaniyasi PPUni quyish uchun eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi. PPUni tayyorlash va uni sovutgich korpusi va eshiklariga quyish uchun mo‘ljallangan  Canon uskunasi (Italiya) shakllarni avtomat tarzda almashtirish va xomashyoni tizimga avtomat tarzda to‘ldirishni ta’minlaydi. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida sovutgichning 4 ta modeliga quyish imkoni ham mavjud.

Sovutgich agregatini yig‘ish bo‘yicha ishlab chiqarish liniyasida germetik kompressorlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi hisoblangan EMBRACO kompressorini montaj qilish ishlari amalga oshiriladi.

 

EMBRACO kompressorining afzalliklari:

  • Unumdorlikning va ishonchlilikning yuqori darajasi.
  • Elektr tarmog‘ida kuchlanishlar 155-160 V dan 245-250 V gacha o‘zgarib turganida ham barqaror ishlaydi
  • Buzilmasdan ishlaganida yaroqlilik muddati 10 yildan ortiq.
  • Energiya iste’moli borasida tejamkor. Energiya iste’molining sinfi A+.
  • Shovqin va vibratsiya darajasi past.
  • Xuddi shu quvvatda ishlovchi boshqa kompressorlar bilan solishtirganda vazni va gabaritlari kichkina.

Sovutuvchi agregatni dastlabki avtomat vakuumlashtirish ishlari ULVAC VD-301 vakuum nasosi (Yaponiya) yordamida amalga oshiriladi. Sovutuvchi agent bilan uzil-kesil to‘ldirish Italiyaning GALILEO uskunasida amalga oshiriladi, u gaz sizib chiqishini o‘lchovchi avtomat signalizatsiya bilan jihozlangan. Germaniyaning ultratovushli KOBRA kavsharlagichi sovutuvchi agent to‘ldirilganidan keyin kavsharlash uchun qo‘llanadi. R600a sovutuvchi agenti sizib chiqishini esa Inficon tirqish izlovchilari Inficon ECOTEC 300 (Germaniya) avtomat ravishda tekshiradi.

Sovutgichlarni yig‘ish liniyasida har bir buyumni bosqichma-bosqich total nazorat qilish usuli qo‘llanadi.

GAZ PLITALARI VA ELEKTR MINI-PECHLARNI ISHLAB CHIQARISH

 

Ishlab chiqarish uchastkasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: gaz plitalari va mini pechlarni vintli, kompressorli o‘rnatish va ularning aksessuarlar va test apparatlari bilan birga yig‘ish liniyalari.

Plitalarning metall qismlarini bo‘yash hamda plitalar va mini pechlarning ishchi yuzasini sir bilan qoplash uchun jahonning yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan quyidagi uskunalardan foydalaniladi:

  • konveyer tipidagi bo‘yash liniyasi, u avtomat rejimda metall buyumlarning 5 bosqichli kimyoviy tozalanishini amalga oshirish imkonini beradi, bu buyumda korroziya hosil bo‘lishining oldini oladi va bo‘yaladigan qatlam adgeziyasini yaxshilaydi.
  • sir bilan qoplash liniyasi, u sir bilan qoplash uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan kameralarni hamda qurituvchi pechni o‘z ichiga oladi .

Kavsharlash choklarining hamda nuqtali kavsharlashning mustahkamligini KAYSAN turk kompaniyasining apparatlari kafolatlaydi.

TELEVIZORLARNI ISHLAB CHIQARISH

 

Yangi ishlab chiqarish liniyasi bir qator konstruktiv yangiliklarga ega bo‘lib, ular tufayli televizorlarni ishlab chiqarish tejamkorroq va texnologik nuqtai nazardan soddaroq bo‘ldi. Mazkur liniya zamonaviy ishlab chiqarish liniyalarining barcha qoidalari va talablariga javob beradi. Jarayon dastlabki yig‘ish ishi – LED panellar, dinamiklar, plata va panellarni mustahkamlash uchun metall karkaslar, test liniyasi va o‘rash ishlari kabi asosiy uzellarni tayyorlashdan iborat.

KIR YUVISH MASHINALARINI ISHLAB CHIQARISH

 

2012 yilda o‘zining zamonaviy dizayni hamda xavfsizlikka qo‘yilgan yuqori darajadagi talablari bilan farq qiluvchi yarim avtomat kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ular korroziyaga uchramaydigan zarbaga chidamli plastikdan tayyorlanadi, ehtimoliy jarohatlanishlarning oldini olish uchun siqish bakining blokirovkalari bilan jihozlangan.

  • Yarim avtomat kir yuvish mashinalari issiq suv ta’minoti va markaziy vodoprovod mavjud bo‘lmagan joylar uchun ideal tarzda mos keladi.
  • Yuvish uchun deyarli istalgan kir yuvish vositasidan foydalanish mumkin, shu jumladan eng oddiy va arzonidan ham.
  • Bitta o‘rtacha kir yuvish hisobida elektr energiyasini 6-10 marta ko‘proq tejaydi.

TELEFONLARNI ISHLAB CHIQARISH

 

Ishlab chiqarish maydonlari yig‘ish va o‘rash jarayonlariga tayyorlangan 4 ta liniyani, telefonning plastik korpuslarini tayyorlash uchun termoplast liniyasini, katta laboratoriya xonasi va telefon korpusining o‘rta va orqa qismini bo‘yash uchun mo‘ljallangan bo‘yash tsexini o‘z ichiga oladi.

Yig‘ish stollari antistatik qoplama bilan qoplangan bo‘lib, yig‘ish bo‘yicha barcha ishlar qo‘lqoplarda amalga oshiriladi.

Keng polosali R&SCMW500 radiokommunikatsion testeri uyali aloqa telefonlaridagi qabul qilish-uzatishlarni tekshirish signallarini tahlil qilish uchun xizmat qiladi, radio blok quvvatini aniqlash imkonini beradi va tekshirish jarayonini tezlashtiradi.

Yig‘ish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirilganidan keyin telefonlar testdan o‘tkazish uchun maxsus jihozlangan laboratoriyaga kelib tushadi. Har bir telefon individual tarzda ishga yaroqliligi bo‘yicha tekshiriladi va texnik nazorat bo‘limi mutaxassislari tomonidan ikkita tekshiruvdan o‘tkaziladi.

LABORATORIYA

 

ARTEL o‘z mahsulotlarini bozorga chiqarishdan oldin boshqariladigan sharoitlarda sinovdan o‘tkazadi. Ushbu sinovlar mahsulotning turli sharoitlardagi ishonchliligini aniqlash imkonini beradi.

Iqlim sinovlari laboratoriyasi – chiqarilayotgan mahsulotning har qanday sharoitlarda (masalan, texnika ishdan chiqib, undan keyingi voqealar avariya vaziyatlari paydo bo‘lishiga olib keluvchi holatlar) ishlash qobiliyatini har tomonlama tekshirishni ta’minlovchi ishlab chiqarish majmuining zarur komponenti hisoblanadi. Tashqi iqlim sharoitlarini modellashtirish ishlari harorat, bosim, namlik qiymatlarining turli birikmalari bilan ta’minlanadi.

Har bir korxonada laboratoriyalar yaratilgan va ular elektr texnikasi parametrlarini to‘liq tekshiruvchi iqlim kameralari bilan jihozlangan.

Quyida laboratoriyalar va iqlim kameralarida olib boriladigan sinovlarning ayrimlarini keltiramiz:

 

Sovutgich ishlab chiqarish

  • sovutuvchi agent sizib chiqishini tekshirish
  • elektr xavfsizligi bo‘yicha tekshirish.

Funksional sinovlar:

  • harorat ko‘tarilishining ta’sirini sinash
  • muzlatuvchi va sovutuvchi kameralardagi o‘rtacha haroratni tekshirish.
  • energiya iste’moli bo‘yicha sinov:
  • sovutgichlarda oziq-ovqatda ishlatiladigan muzni olish bo‘yicha test
  • namlik o‘tirishi bo‘yicha test.

Konditsioner ishlab chiqarish

  • O‘rta Osiyoda analogi bo‘lmagan uskunada sovuq/issiq ishlab chiqarishi bo‘yicha sinov
  • yuqori va past kuchlanishda ishlash qobiliyati
  • havoni haydash va chiqarish tezligi
  • past va yuqori harorat sharoitlarida ishlash qobiliyati
  • mahsulot FIKini hisoblash.

Mobil telefonlarni ishlab chiqarish

  • rangning turli yorug‘lik spektrlarida muvofiqligini tekshirish uchun TILOT60 rang nazorati qutisi;
  • dinamikni sinovdan o‘tkazish uchun TH 1312-20 audio signallar generatori;
  • yuqori kuchlanishda zaryadlanishni tekshirish uchun GPI-735A elektr xavfsizligi testeri;
  • AWA-6063B mikrofoni uchun tester;
  • MHU-408L barokamerasi (harorat va namlik kamerasi);
  • tovush darajasini o‘lchash uchun TES-135 OA shovqin o‘lchagichi.