Kafolatlar

Hurmatli xaridor!

“Artel” savdo belgisi ostida tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar Sizga tanlovingiz uchun minnatdorchilik bildiradi.

Biz Sizning talab va ehtiyojlaringizdan kelib chiqib tovarlarimiz sifat darajasini jahon standartlariga javob bera olishiga erishdik va sifat darajasini tasdiqlash maqsadida tovarlarga to‘liq kafolat muddatlari joriy qilindi.

 

  1. I. Asosiy tushunchalar

Tovarishlab chiqaruvchi faoliyatining iste’molchiga shartnoma bo‘yicha sotish uchun mo‘ljallagan mahsuli, shu jumladan, import mahsuloti;

Kafolat muddatitovardan foydalanishning normativ muddati(oy hisobida belgilanadi) yoki tovarning muayyan vazifani (necha soatda, nechta ish jarayonida va h.k.) bajarish vaqti tarzida belgilangan muddati bo‘lib, bu muddat ichida ishlab chiqaruvchi (ijrochi), basharti tovarni ishlatish qoidalariga rioya etilgan bolsa, tovarning sifatiga nisbatan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan talablar bajarilishini kafolatlaydi va ta’minlaydi;

Xizmat muddati — tovardan foydalanishning belgilangan muddati bo‘lib, u tamom bo‘lgach, tovarning texnik holatidan qat’i nazar, undan foydalanish to‘xtatilishi lozim;

Yaroqsiz kafolat taloni — qalbaki muhr va imzolardan foydalanilgan, o‘zboshimchalik bilan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan, 2/3 (uchdan ikki) qismdan ko‘p qismi mavjud bo‘lmagan kafolat taloni yaroqsiz hisoblanadi.

  1. Tovarlarning kafolat va xizmat muddatlari
  2. Tovarlar foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq ishlatilganda, “Artel” tovar belgisi ostida tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zining maishiy texnika tovarlariga quyidagicha xizmat muddatini belgilaydi:

Muzlatgichlar, gaz plitalar, konditsionerlar – 7 yil;

Televizorlar, monitorlar, audio-video uskunalar, changyutgichlar va elektr suv isitgichlar, – 5 yil;

Printerlar, faks mashinalari, modemlar, proyektorlar, noutbuklar, mini-pechlar va mikro to‘lqinli pechlar – 3 yil;

Kichik maishiy texnika tovarlariga – 1 yil.

Xizmat muddati tugagandan so‘ng tovarni xizmat ko‘rsatish markaziga profilaktika va maslahat olish uchun olib borish tavsiya qilinadi.

  1. “Artel” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan barcha tovarlarga (kichik maishiy texnika tovarlariga – 12 oy) kafolat muddati 36 oyni tashkil qiladi.
  2. Kafolat muddati tovar iste’molchiga sotilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovar sotilgan kunni aniqlashning imkoni bo‘lmasa, bu muddat tovar ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
  3. Tovar xarid qilayotganingizda va foydalanishdan oldin uning foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomasini diqqat bilan o‘qib chiqishingizni so‘raymiz. Shuningdek, kafolat talonining to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiring. Tekshirish davomida

Siz xarid qilgan tovarning model nomi va seriya raqami kafolat talonidagi yozuv bilan bir xil bo‘lishi shart. Ushbu talonga hech qanday o‘zgartirishlar, tuzatishlar kiritish mumkin emas. Aks holda kafolat taloni yaroqsiz hisoblanadi va bepul servis xizmat amalga oshirilmaydi.

  1. Mazkur tovar maishiy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, murakkab texnikaviy tuzilishga ega. Tovardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan qoidalarga rioya qilib, ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lsangiz, u Sizga uzoq yillar davomida ishonchli xizmat qiladi. Tovardan foydalanish jarayonida kelib chiqadigan mexanik nosozliklar, shuningdek, tovarning ichki qismiga suyuqlik, hasharot, kemiruvchi va boshqa narsalar tushishiga yo‘l qo‘ymang. Xizmat muddati davomida tovarning model nomi va seriya raqami ko‘rsatilgan yorliq yaxshi saqlanishiga e’tibor bering.
  1. Tovarni o‘rnatgan shaxs kafolat taloniga barcha kerakli ma’lumotlarni kiritganiga ishonch hosil qiling!
  2. Agar tovardan foydalanish jarayonida Siz uning ishlash xususiyatlari foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada bayon qilinganlardan farqli deb hisoblasangiz, sotuvchi yoki mazkur kafolat talonida ko‘rsatilgan servis va xizmatlar uchun yagona aloqa markazi telefon raqamiga yoki istalgan ro‘yxatdan o‘tgan rasmiy servis markaziga maslahat so‘rab murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.

Kafolat muddatlari va shartlari

  1. Kafolat muddati tovar iste’molchiga sotilgan kundan boshlab hisoblanadi. “Artel” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan barcha tovarlarga (kichik maishiy texnika tovarlariga – 12 oy) kafolat muddati 36 oyni tashkil qiladi. Kafolat

muddati davomida bepul servis xizmat ko‘rsatish mijoz tomonidan to‘liq tartibda to‘ldirilgan talon taqdim etilganda amalga oshiriladi.

  1. Kafolat taloni yo‘qotilgan taqdirda tovarning orqa qismida ko‘rsatilgan seriya raqami orqali kafolat muddati ishlab chiqarilgan sanadan belgilanadi.
  2. Kafolat taloni taqdim etilmaganda yoki yaroqsiz kafolat taloni taqdim etilganda bepul servis xizmat amalga oshirilmaydi. Bunday holatda servis markazi tomonidan kafolat muddati ishlab chiqarilgan sanadan boshlab

hisoblanishi va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun haq talab qilinishi mumkin.

  1. Servis xizmat faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan rasmiy servis markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
  2. Tovardagi nosozlik kafolat qo’llanilmaydigan holatlar natijasida kelib chiqmagan bo‘lsa, servis xizmat ko‘rsatish markazi tovarni kafolat muddati davomida bepul ta’mirlab beradi.

Diqqat! Kafolat taloni titul varag‘i va qirqiladigan kuponda faqat sotuvchi muhri mavjud bo‘lgandagina haqiqiydir.

  1. Kafolat muddati davomida servis xizmat ko`rsatish kafolat taloni taqdim etilganda servis xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi. Servis xizmat markazida zarur ehtiyot qismlar mavjud bo‘lmaganda, ta’mirlash muddati qo‘shimcha 10 kunga uzaytirilishi mumkin. Ta’mirlash uchun ketgan vaqt kafolat muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
  2. Ishlab chiqaruvchi kafolat muddati mobaynida tovarning, shu jumladan, butlovchi qismlarning normal ishlashini ta’minlaydi.
  3. Agar tovardagi nosozlikni bartaraf qilish uzoq muddatni talab qilsa, ta’mirlashga ketadigan vaqtda foydalanib turish uchun iste’molchining talabiga binoan nuqsonli tovar o‘rniga unga ayni shunday markali yoki xususiyatlari undan kam bo‘lmagan tovar berib turiladi.
  1. Bepul servis xizmat ko‘rsatish ehtiyot qismlar asosida bepul ta’mirlashni anglatadi. Kafolat muddati davomida barcha ehtiyot qismlar bilan ta’minlash va servis xizmat ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi hududidagi

rasmiy servis markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

  1. Ayrim tovarlarga nisbatan servis xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq transport xarajatlari (tovarni servis markaziga olib kelish, olib borish va hokazo) iste’molchi(mijoz) tomonidan qoplanadi.

Kafolat qo`llanilmaydigan holatlar

  1. Quyida keltirilgan holatlarda Texnik nosozlik kelib chiqqanda kafolat va bepul xizmat ko‘rsatish amalga oshirilmaydi:

– iste’molchi tomonidan tovardan foydalanish, saqlash va transportda tashish qoidalari buzilishi natijasida;

– uchinchi shaxslar harakati (yoki harakatsizligi) natijasida;

– iste’molchi yoki o‘rnatuvchi ruxsat berilmagan konstruktiv va sxemotexnik o‘zgarishlarni vakolatsiz shaxslar tomonidan kiritilishi va ta’mirlashi natijasida;

– Davlat Texnik Standartlari (ГОСТ, O‘zDSt va boshqalar) bo‘yicha ishlaydigan kabel tarmoqlar me’yorlaridan, shuningdek kuchlanish darajasidagi tafovutlar va o‘zgarishlar natijasida;

– yengib bo‘lmaydigan kuch ta’siri (tabiiy ofat, yong‘in, chaqmoq va hokazo) natijasida;

– hayvonlar, kemiruvchilar va boshqa hasharotlar yetkazgan zarar natijasida;

– tovarning but emasligi yoki u sotib olingandan so‘ng unda aniqlangan mexanik buzilishlar mavjudligi;

– tovarga o‘rnatilgan plombalar buzilgan taqdirda;

– foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilganidan ko‘p muddatda uzluksiz foydalanish natijasida;

– tovarga kimyoviy vositalar tushishi, to‘kilishi va boshqa xil ko‘rinishda zarar yetkazishi natijasida;

– tovar ustiga belgilangandan me’yordan ortiq yuk qo‘yish natijasida;

– tovarni o‘rnatish va undan foydalanishning tegishli qoidalariga rioya etmagan holda kelib chiqqan buzilishlarda;

– vakolatli bo‘lmagan shaxslar tomonidan tovar korpusini ochish, tuzatish va modernizatsiya qilish natijasida kelib chiqqan buzilishlarda.

  1. Maishiy texnika tovarlaridan tijorat maqsadlarida foydalanilganda bepul xizmat ko‘rsatish muddati 6 oy etib belgilanadi. Agar tovarning qo‘shimcha aksessuarlar va qismlarining sinishi aniqlab bo‘lmaydigan sabablar,

shuningdek, tovardan foydalanish, saqlash va transportda tashish qoidalari buzilishi sababli kelib chiqqan bo‘lsa,

ularga kafolat asosida bepul servis xizmat ko‘rsatilmaydi va qo‘shimcha aksessuarlar almashtirilmaydi,

  1. Bepul servis xizmati quyidagi xarajatlarni o‘z ichiga olmaydi:

– elektr tarmog‘iga ulash shnurini almashtirish;

– tashqi oynani almashtirish;

– chiroq va plafonlarni almashtirish;

– korpus detalini almashtirish;

– tovar o‘rnatilgan yoki foydalanilayotgan joyga tovardan foydalanish tartibini tushuntirishga borish.